...hech qachon xoinlik qilmaydigan odamlar ham boʻlishini tushunib yetasan. Ammo bundan oldin koʻplab xiyonatlarga duch kelishga toʻgʻri keladi. Kuchli ishonch mustahkam sadoqatni talab qiladi. 

...tashqi chiroy ichki goʻzallik oldida hech narsaga arzimasligini anglab yetasan. Negaki, barcha tashqi narsalar – birinchi yomgʻirgacha. Ichki boylik esa – doimo nur sochib turadi.

...atrof-muhitdagi baʼzi ifoda va iboralar, hatto chiroyli aytilgan boʻlsa-da, hech bir maʼnoga ega emasligini, ular shunchaki soʻzlar majmui ekanini tushunasan. Faqat oʻzing anglab yetgan, guvohi boʻlgan haqiqatlargina muhim ahamiyatga ega. 

...mehr, ezgulik, shirin soʻz va gʻamxoʻrlik kuchsizlik emas, kuchdan dalolat berishini tushunib yetasan. Chunki Inson boʻlish uchun bularning har biri shiorga aylanishi kerak. 

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.