IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 51-son manzil-koloniyasida «Intizom oyligi» doirasida «Uch avlod uchrashuvi» oʻtkazildi. Unda uzoq yillar davomida mazkur muassasada halol va vijdonan xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan isteʼfodagi mayor Rayimboy Javatov ishtirok etdi. 

U tadbirda soʻzga chiqib, oʻzining bosib oʻtgan hayot yoʻli, ichki ishlar organlaridagi faoliyati mobaynida toʻplagan boy amaliy tajribasi, yengib oʻtgan qiyinchiliklari toʻgʻrisida hikoya qildi. Shuningdek, har bir inson oʻz yurtini sevishi lozimligini, Vatan esa ostonadan boshlanishini, ichki ishlar organlari xodimi boʻlish, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilish sharaf ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Shahrizod ShOKIROV,

katta leytenant.