Toʻraqoʻrgʻon tumani madaniyat markazida sektor rahbarlari migrantlar bilan videoaloqa tarzida ochiq muloqot oʻtkazishdi. 

Unda xorijda ishlayotgan yoshlardan yashash va ishlash sharoitlari, maoshlari haqida soʻraldi va muammolari surishtirildi. Ularning aksariyati oʻz Vatanida ishlash afzalligini bildirdilar. Buning uchun migrantlarga mos ish oʻrinlari taklif etildi, tadbirkorlik yoʻnalishlari tavsiya qilindi.

Suhbat yakunida mahallalardagi yetakchilarga yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish, ularning bandligini nazoratga olish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Oʻz muxbirimiz,

Namangan viloyati.