Chilonzor tumani hududidagi “S. H. Sirojiddinov” nomidagi akademik litseyida IIOFMB HPB yoshlar masalalari boʻyicha inspektor, leytenant G. Abdukarimova taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yuzasidan tadbir tashkillashtirildi. Unda jonajon Vatanimiz tinchligi va taraqqiyoti yoʻlida fidoiy xizmat qilgan qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib avlod boʻlish kabi jihatlar taʼkidlandi. Shuningdek, oʻquvchilarga huquqbuzarlik va jinoyatchilik hamda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan illatlar ham aytib oʻtildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
