“Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining 2-bandida ichki ishlar organlariga jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish koʻzda tutildi. 

Shuningdek, sport yoʻnalishida Osiyo, jahon hamda olimpiada musobaqalarida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ichki ishlar organlari xodimlari IIV Akademiyasiga sinov imtihonlarisiz imtiyozli qabul qilinishi kelgusida har bir xodimning sport bilan shugʻullanishiga muhim omil boʻldi.

Bundan tashqari, qarorning 4-bandida belgilanganidek, xizmatga birinchi marta qabul qilinganlarning IIV Malaka oshirish institutida dastlabki uch oylik boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini tamomlaganlaridan soʻng tegishli lavozimlarga tayinlangan xodimlarning Vatanning ishonchli himoyachisi va professional osoyishtalik posboni boʻlishiga hech shubha yoʻq. 

Alisher NAZAROV, 

Buxoro viloyati IIB TVBSO

komandirining TIB oʻrinbosari, mayor.