– Koloniyamizda tez-tez madaniy-maʼrifiy tadbirlar, konsert dasturlari oʻtkazib turiladi, – deydi lavha­miz qahramoni. – Jazo muddatini oʻtayotganlar orasida iqtidorlilari ham uchrab turadi. Ular tadbirlarda faol qatnashib, mahoratlarini namoyish etishadi. Ayni kunlarda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻryapmiz. 

– Leytenant Muhriddin Ibodillayev oʻzining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va tashabbuskorligi bilan shaxsiy tarkib oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega, – deydi 14-sonli JIEK boshligʻi, 

mayor Eldor Qosimov.

Darhaqiqat, kasbiga chinakam mehr qoʻygan kishi doimo yangilik sari intiladi. Xizmat faoliyatidan 

unumli foydalanib, zimmasidagi vazifalarni vaqtida bajaradi. 

Lavhamiz qahramonidan nima uchun Vatan haqida koʻproq qoʻshiq kuylashini soʻraganimizda, shunday javob qaytardi: 

– Vatanparvarlik – muqaddas va pokiza tuygʻu. Har birimizning qonimizga, jonimizga, ruhiyatimizga vatanparvarlik tuygʻusi singgan boʻlishi kerak. «Men Vatanni sevaman», deb unga xiyonat qilayotganlar yoʻqmi? Afsuski bor. – Faoliya­tim davomida qanchadan-qancha taqdirlar, tazarrular guvohi boʻlib kelyapman. Balki, ana shu holatlar mening koʻksimdagi vatanparvarlik tuygʻularini junbishga keltirar, ona Vatanimga sadoqatimni qoʻshiqlarim orqali ham namoyon etishimga turtki berar... 

Muhriddin Ibodullayev hayotida muvaffaqiyatlarga erishgan, koʻrik-tanlovlardagi faol ishtiroki uchun mukofotlarni qabul qilib olayotgan lahzalari aks etgan suratlarni asrab-avaylab saqlaydi. «Kelajakda farzandlarim oilaviy albomimizni varaqlayotib, ushbu suratlarga koʻzi tushganida, men bilan faxrlansa, otasiga oʻxshashga intilsa», deb niyat qiladi.

«Yaxshi niyat – yarim davlat» deyi­shadi. Balki, ushbu maqola gazetamizda chop etilganida, leytenant Muhriddin Ibodillayevning farzandlari uni oʻqib, hozirdanoq otasiga havas qilsa ajabmas. Zero, hamisha faqat olgʻa intiluvchi ota bilan har qancha faxrlansa arziydi.  

Adolat FAYZIYEVA,

oʻz muxbirimiz.