Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh Urganch shahar IIOFMB hamda Urganch tumani IIBda boʻlib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganishlar olib borishdi. Mazkur jarayonlarda ishchi guruh aʼzolari ichki ishlar boʻlimlarida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va koʻrsatmalar berishdi. Oʻrganishlar davomida ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibining jangovar shayligi ham koʻzdan kechirildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan xodimlarning oilaviy ahvoli, qoʻni-qoʻshnilari bilan oʻzaro munosabati, profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham oʻrganildi. 

  Xullas, viloyat IIB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan viloyatning barcha shahar va tuman ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishining ahvoli toʻliq oʻrganib chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

   Xudoybergan JABBOROV,

   “Postda” muxbiri.