Viloyat hokimligi majlislar zalida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B. Abdullayev hamda Fargʻona viloyati hokimi H. Bozarov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat IIB mutasaddi rahbarlari, sektor boshliqlari va tegishli tashkilotlarning masʼullari ishtirok etishdi.

Vazir oʻrinbosari oʻz soʻzida 2020-2023-yillarda “Ayollar daftari” tizimi doirasida respublikamiz boʻyicha jami 2 million 516 ming nafar xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatilganligi haqida toʻxtalib, jumladan, Fargʻona viloyatida ham 290 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga yaqindan koʻmaklashilganligi qayd etildi.

Shuningdek tadbirda kelgusi 2024-yilda “Ayollar daftari” boʻyicha mamlakatimizda 1 million nafar xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatilishi nazarda tutilayotganligi, shundan 109 ming 500 nafari Fargʻona viloyatiga toʻgʻri kelishi taʼkidlandi.

Maqsadli oʻtgan mazkur yigʻilish yakunida bu borada qilinishi lozim boʻlgan saʼy-harakatlar yuzasidan zarur koʻrsatmalar ham berildi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.