Kuni kecha Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov IIV Qorovul qoʻshinlarining poytaxtimizdagi 7531-harbiy qismiga tashrif buyurdi. Bundan koʻzlangan maqsad harbiy qismda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan yaqindan tanishish edi. 

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari shaxsiy tarkib bilan uchrashdi, muntazam ravishda jangovar xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. U Vatan himoyachilarining bilim saviyasini oshirish, sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishi boʻyicha tavsiyalar berdi. 

Bundan tashqari, general-mayor B. Mirzarahimov Qorovul qoʻshinlari rahbariyatiga harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning maishiy-xizmat shart-sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash zarurligini ham alohida taʼkidladi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.