Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismda boʻldi. Vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, 2023-yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, xizmat faoliyatida ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

General-mayor shaxsiy tarkib bilan muloqot qilib, xizmat intizomini yanada mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash yuzasidan harbiy qism rahbariyatiga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Oʻz muxbirimiz.