Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida bataloniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir oʻrinbosari harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi. Harbiy tartib-intizomni mustahkamlash va qurol-aslaha, oʻq-dorilar bilan muomalada xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.