Yangiqoʻrgʻon tumani Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 600 nafardan ziyod oʻquvchi tahsil oladigan 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Investisiya dasturi asosida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, foydalanish uchun topshirildi.

Taʼmirlash qiymati 5 mlrd. 880 mln.soʻmni tashkil etgan bu loyiha "Shaydulloxon qurilish pardoz" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Shu munosabat bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik B. Abdullaev ishtirok etdi. Maktab pedagoglari va oʻquvchilarini zamonaviy oʻquv dargohi bilan qutlab, yoshlar orasidan fan olimpiadalari gʻoliblari, sport ustalari, olimlar yetishib chiqishiga katta ishonch bildirdi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.                                 

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.