Kuni kecha ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Aziz Ikramov Namangan shahridagi IIVga qarashli Namangan akademik litseyiga tashrif buyurdi. Unga Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov hamrohlik qildi. Ular dastlab litseydagi dars xonalariga kirib, oʻquvchilar bilan samimiy muloqot olib borishdi, turli masalalarda suhbatlashishdi. Darslar, shart-sharoitlar haqida soʻrashdi.

Soʻng general-mayor Aziz Ikramov ichki ishlar organi tizimida ishlash qanchalar sharafli boʻlsa-da, oʻziga yarasha mashaqqatlarga ham egaligini aytib, oʻz faoliyati misolida soʻzlab berdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Suhbat yakunlangach vazir oʻrinbosari litseyning 350 oʻringa moʻljallangan oshxonasiga kirib, oʻquvchilarning taomnomasi bilan tanishdi.Yotoqxona holati sharoiti, qolaversa qish mavsumiga qay darajada tayyorligini oʻrgandi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari va shahar hokimi namunali hamda faol oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirishdi. Bu uchrashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Feruza OTAXONOVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati