Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Sirdaryo viloyatidagi oʻrganishlarini davom ettirib, Sayxunobod tumani hududidagi mahallalarda boʻldi. Hududdagi jinoyatchilikni oldini olish bilan bogʻliq amalgam oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Sayxunobod tumanidagi “Baxmalsoy” mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mahalla beshligi bilan sodir etilayotgan jinoyatlar, jinoyatni keltirib chiqarish shart-sharoitlari yuzasidan suhbat olib bordi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan mahallani qizil toifadan chiqarish, jinoyatchilikni oldini olish borasida, avvalo, maktablardan ish boshlash kerakligi yuzasidan tavsiyalar berdi.
Vazir oʻrinbosari Sayxunobod tumanidagi “Oʻzbekiston” mahallasida boʻlib, beshlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahallada jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari bilan tanishdi.
Mahalla fuqarolar yigʻinida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi faoliyatini oʻrganildi.
Oʻz muxbirimiz
