IIV Jamoat xizmati departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, podpolkovnik X.Qodirov Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Jarayonda markazdagi voyaga yetmaganlarning kelib tushish sabablari, oilaviy ahvoli va taʼlim-tarbiyasi yuzasidan ular bilan yaqindan suhbat olib borildi. Bolalarga hayotda oʻz oʻrnini topishi, oldiga qoʻygan maqsadlari yoʻlida doim ichki ishlar organlari qoʻllab-quvvatlashi aytildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
