Bugungi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin.
U ishda, uyda, jamoat joylarida, sayohatda istalgan maʼlumotni, video yoki audioni soniyalar ichida topishga yordam beradi. Radiotoʻlqinlar hisobiga ishlaydigan Wi-Fi esa dunyo boʻyicha eng keng tarqalgan texnologiyalardan biri boʻlib, smartfon, noutbuk, televizor, videokuzatuv tizimlari va boshqa bir qator joylarda qoʻllaniladi hamda simsiz erkin harakat qilish, bir vaqtda koʻp qurilmani ulash imkonini beradi.
Wi-Fi texnologiyasi dastlab
«IEEE 802.11» deb atalgan. Bu simsiz internetni yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qilgan birinchi protokoldir. 1999-yilda Interbrand kompaniyasi texnologiyani talaffuzi oson boʻlgan «Wi-Fi» deb nomlashni taklif qilgan.
* Wi-Fi logotipi — In-Yan belgisi asos qilib olingan rasmiy logotipdir. U texnologiyani qoʻllab-quvvatlaydigan barcha qurilmalarning mosligi ramzi hisoblanadi.
* Wi-Fi aslida Gavayidan kelib chiqqan. Gavayi universitetida ALOHAnet nomli innovatsion kompyuter tarmogʻi yaratilgan. Uning yordamida 1971-yilda paketli maʼlumotlarni simsiz uzatishning ilk ommaviy namoyishi oʻtkazilgan. 20 yildan soʻng NCR va AT&T korporatsiyalari tomonidan WaveLAN texnologiyasi kashf qilingan. 1997-yilda esa IEEE 802.11(+r) simsiz protokolining eng birinchi koʻrinishi namoyish etildi.
* Oʻsha paytda eng «uzoq» Wi-Fi signali 420 metr masofaga uzatilgan. 6 vattli kuchaytirgichlar yordamida Shvetsiya kosmik agentligi 400 metrdan ortiq masofada joylashgan kosmik zondga maʼlumot uzatishga muvaffaq boʻlgan.
Gulchehra AZIMOVA
tayyorladi.
