Probatsiya nazoratiga olinib, kasb-hunar egallashga undash hamda jamiyatda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish ham mahkumlarning oʻz xatolarini tuzatishga berilgan imkoniyat, aslida. 

Xatirchi tumanida probasiya nazoratidagi shaxslarning muammolarini oʻrganish maqsadida qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Muloqot davomida mahkumlarning moddiy, ijtimoiy hamda tibbiy masalalar bilan bogʻliq muammolari oʻrganilib, hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi. 

Shu kuni sayyor sud yigʻilishi ham boʻlib oʻtdi. Unda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi mahkumlar boʻyicha kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi. Belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilib, xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqargan 8 nafar mahkum jazodan muddatidan oldin shartli ozod etildi. Gʻozgʻon shahrida ham probasiya nazoratidagi 10 nafar maxkumga nisbatan ham xuddi shunday insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanildi. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.