Huquqbuzarliklarga chora qoʻllashdan koʻra, uning huquqiy oqibatlarini tushuntirish ishlari ham fuqaroga, ham jamiyatga katta foyda keltiradi. Bu borada Chiroqchi tumani IIB YHXB xodimlari qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash maqsadida oʻtkazilgan “Xavfsiz kun” profilaktik tadbiri doirasida tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan nazorat-kuzatuv va targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida aniqlangan qoidabuzarliklarning huquqiy oqibati haydovchilarga va yoʻlovchilarga tushuntirilib, targʻibot ishlari olib borildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
