Toʻraqoʻrgʻon tumani "Isvaxon" mahallasida umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalariga zamonaviy videokuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning yoʻlaklariga xavfsizlikni taʼminlash maqsadida zamonaviy elektron qulf tizimlari joriy etilmoqda.

Tuman prokurori va IIB boshligʻi tomonidan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda hududda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlik rejasi ishlab chiqilib, tegishli vazifalar belgilandi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.