Oʻquvchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish maqsadida Andijon viloyati IIB Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablarida rejali tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruvlar davomida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, qorovullar tomonidan maktab hududiga begona va ruxsatsiz shaxslarni kiritmaslik yuzasidan olib borilayotgan xizmat faoliyati, shuningdek, videokuzatuv kameralari, tashvish tugmachalari va boshqa texnik xavfsizlik vositalarining texnik holati hamda uzluksiz ishlashi atroflicha oʻrganildi. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab olindi.
Oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
