Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida xivalik A.B. internet tarmogʻidan foydalangan holda aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish, mamlakatimiz hududida faoliyati taqiqlangan diniy ekstremistik tashkilotlar safida ishtirok etish bilan bogʻliq noqonuniy xatti-harakatlar sodir qilganlikda gumon qilinib hibsga olindi. 

U “Instagram” va “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi “Solih_1998_” nomli profillari orqali aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan “Tavxid va jihod katibasi”, “Oʻzbekiston Islom harakati”, “Jihodchilar” terroristik hamda “Xizbut tahrir” ekstremistik tashkilotlarining maʼlumotlari aks ettirilgan hamda aqidaparast va terrorchi guruhlarga nisbatan hayrixohlik uygʻotishi mumkin boʻlgan Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Abdulloh domla, Tohir Yoʻldosh, Abduvali Qori, Mahmud Abdulmoʻmin, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning maʼruzalarini tarqatgan. 

Shuningdek u taqiqlangan materiallarni yurtimizga olib kirish, tayorlash, saqlash va tarqatishni qoʻllab-qoʻvvatlab kelgan. Shu bilan birga, “Telegram” messedjerida “Radnoyla” nomli kanal ochib, ushbu va boshqa kanallarga taqiqlangan videolarni joylashtirib, oʻzaro muhokama qilib, turli xil daʼvatlar qilib, mazkur noqonuniy hatti-harakatlarida xivalik tanishlari R.B. hamda S.M.larni ham faol ishtirok etishga undab kelgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bekzod KARIMOV,                            

katta leytenant.