Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrulʼ-post xizmati batalʼoni xodimlariga 8 ta yangi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositalari berildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik B. Abdullayev ishtirok etib, xizmat avtomashinalarining kalitlarini xodimlarga tantanali ravishda topshirdi.

– Har qanday sohada yaratilgan qulay shart-sharoit va imkoniyatlar uning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi, – deydi batalʼon komandirining oʻrinbosari, podpolkovnik B. Toremuratov. – Shunday ekan, mazkur avtotransport vositalari ham kelgusida aholi tinchlik-osoyishtaligini taʼminlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.