Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Qoʻriqlash xizmatiga qabul qilinuvchi nomzodlar, ularning ota-onalari hamda biriktirilayotgan murabbiylar ishtirokida korrupsion omillarni oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash va tizimda sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoʻriqlash xizmati rahbariyati tomonidan xodimlar orasida sodir etilishi mumkin boʻlgan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, har qanday qonun buzilishi holatlariga jazo muqarrar ekanligi, noqonuniy ishlarga aralashmaslik, korrupsion holatlarning salbiy jihatlari, xizmat vakolatini suiisteʼmol qilmaslik, qonun talablariga qatʼiy rioya etish kabi bir nechta yoʻnalishlarda muhim maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, murabbiylik maktabini mustahkamlash, yosh xodimlarga fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ijrochilik intizomiga amal qilish, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, beparvolikka yoʻl qoʻymaslik hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.