Koʻrik-tanlovning Buxoro viloyat bosqichi hakamlar hayʼatining xulosa­lariga koʻra, Buxoro tumani «Raboti­qalmoq» MFY profilaktika inspektori, kapitan Shahobiddin Ismoilov birinchi oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Tanlovda ikkinchi oʻrin Vobkent tumanidagi «Charmgaron» MFY profilaktika inspektori, kapitan 

Jahongir Artikovga nasib etdi. Faxrli uchinchi oʻringa Gʻijduvon tumani «Paxtaobod» MFY huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, katta leytenant Jamol Shodiyev loyiq koʻrildi. Bundan tashqari, tanlovda huquq-tartibot maskanlarida eng faol ish olib borgan xo­dimlar ham turli nominatsiyalar boʻyicha tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.