Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi, polkovnik U. Jabborov xizmat safari bilan qoʻshinlarga qarashli Chirchiq shahridagi 7535-harbiy qismda boʻldi.

 Shaxsiy tarkib bilan uchrashgan qoʻmondon oʻrinbosari obʼektlarda qorovullikni oʻtash tartibi, qoʻriqlab borish hamda konvoylash qorovuli xizmatining vazifalari boʻyicha batafsil taʼkidlash bilan birga, amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazdi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham harbiy xizmatchilarning qoʻriqlanayotgan obʼektlarda xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda holatlarda toʻgʻri va aniq harakatlanishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borishdan iboratdir.

Oʻktam RAJABOV,

mayor.