Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ijrochilik intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki daxlsizligini taʼminlash, shuningdek, tizimda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar, viloyat hududidagi Qoʻriqlash faoliyatini tahlil etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, shuningdek, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xizmat intizomini kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.