Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼullari soha faxriylarining turar joylarida boʻlib, bayram sovgʻalari topshirishdi. Shuningdek, xizmat burchini bajarish davomida hayotdan koʻz yumgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari holidan xabar olindi.
Bu kabi tadbirlar hududiy ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
