Kasb fidoyisi
Mayor Azizbek Qahhorov Yashnobod tumani IIOFMB M va FRB inspektori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ichki ishlar organlarida xizmat boshlaganiga bu yil 15 yil toʻldi.
Hozir faoliyat olib borayotgan boʻlimda ham u oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, fuqarolar murojaatlarini vaqtida qonuniy tarzda hal etib kelmoqda. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida u yoʻqolgan pasportlarni qayta tiklash yoʻnalishi murojaat qilgan fuqarolarning biometrik pasporti oʻrniga identifikatsiya ID-kartalar rasmiylashtirib berish ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Shuningdek, turli sabablarga koʻra, yaʼni fuqarolik pasportini amal qilish muddati oʻtgan, yoʻqotgan yoxud yaroqsiz holga kelishi sababli chet davlatlaridan vatanga qaytish guvohnomasi bilan murojaat qilgan fuqarolarga tegishli va sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda tushuntirish ishlarini olib borgan.
Mayor Azizbek Qahhorovning bir necha yillik sidqidildan qilgan xizmatlari Ichki ishlar vaziri tomonidan eʼtirof etilib, yaqinda “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
U turmush oʻrtogʻi Sevaraxon bilan uch nafar farzandini tarbiyalab, voyaga yetkazishmoqda.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
