Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan shaxsiy tarkibning bilim va mahoratini oshirishga, maʼnaviyatini yuksaltirishga, kasbiy koʻnikmasini shakllantirishga, jismoniy va jangovar shayligini oshirishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Yaqinda viloyat IIBning majlislar zalida mazkur masala yuzasidan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirni viloyat IIB MMI va KBTX boshligʻi, polkovnik A.Imyaminov ochib, har bir xodimda tanqidiy tahlil, xizmat intizomi, halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlik hissini shakllantirish xizmat samaradorligiga erishishning muhim omili boʻlishini taʼkidlab oʻtdi. Oʻz navbatida xodimlarning fidoyi xizmati, kasbga boʻlgan sadoqati Ichki ishlar vazirligi hamda boshqarma rahbariyati tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirib borilayotgani alohida eʼtirof etildi.
Yigʻilishda xizmat vazifasini bajarishga masʼuliyat bilan yondashib, samarali natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
