Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munsabati bilan “Konstitusiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Unda viloyat IIB tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlaridan iborat 11 ta jamoa ishtirok etdi. 

Qizgʻin bahs va munozaralar asosida boʻlib oʻtgan intellektual oʻyinning yakuniy natijalariga koʻra, Shahrisabz tumani IIB jamoasi gʻolib deb topildi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni Kasbi tumani IIB va Kitob tumani IIB xodimlaridan iborat jamoalar qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.