Xorazm viloyati IIBda xodimlarning kasbga doir bilim va mahoratlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Seminar davomida xodimlarga portlovchi moddalarning turlari hamda ularni aniqlash va zararsizlantirish usullari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyati taʼqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek tadbirda viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasining malakali xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan maʼlumotlar berishdi.
Shu bilan birga, seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob olishdi.
Zokir ISMOILOV,
podpolkovnik.
