Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar zamirida nafaqat soha xodimlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash, balki, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga oliy (harbiy), oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma va taqdimnomalarning berilishi tizim xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning yorqin namunasi boʻldi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oʻtkazilgan tadbirda mazkur huquqiy hujjatlarga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining buyrugʻiga asosan xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan jami 77 nafar xodimning farzandlariga oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma va taqdimnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tinchlik posbonlari va ularning farzandlariga qaratilayotgan bu kabi yuksak eʼtibor, ularning Vatanga sadoqati va xizmatga boʻlgan shijoatini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

J.ShUKURLAEV, 

katta leytenant.

Buxoro viloyati.