Ichki ishlar organlari xodimlari Doʻstlik tumani hududida «Bogʻzor» mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi D.B. boshqaruvidagi «Neksiya»ni toʻxtatib, tekshirganida avtoulov ichida bir bosh qoʻy borligi maʼlum boʻldi. Suhbat davomida haydovchi va uning mahalladoshi B.N. chorva molini qayerdan olib kelayotganliklarini ayta olishmadi.
Surishtiruv natijasida ikkovlon ushbu qoʻyni mahalladoshlari Sh.O.ning qoʻyxonasidan oʻgʻirlaganliklari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
