Shahrisabz tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. “Xoʻjaxuroson” mahallasida boʻlib oʻtgan ommaviy sayyor qabulda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Farrux Toirov ham fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlarida tergov va surishtiruv harakatlari olib borilishi jarayonlari, fuqarolik hujjati olish masalalaridan iborat boʻldi. Ularning aksariyati ijobiy hal qilingan boʻlsa, oʻrganishga vaqt talab qiladigan ayrim murojaatlar uchun masʼullarga biriktirildi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.