Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Xorazm viloyatida ham soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari tantanali ravishda davom etdi.
Yangiariq tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov ishtirok etib, Prezidentimizning umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Tadbirda viloyat hokimi xalq taʼlimi sohasida erishilgan yutuqlarga toʻxtalib, joriy yilda viloyat boʻyicha 23.376 nafar oʻquvchi 11-sinfni muvaffaqiyatli tamomlagani, ularning 696 nafari maktab taʼlimini oltin, 232 nafari esa kumush medal bilan yakunlaganini mamnunlik bilan eʼtirof etib oʻtdi va mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlarga omad tiladi.
Tadbir yakunida oʻquv yilini yuqori natijalar bilan yakunlagan hamda taʼlim dargohi bilan yaqin hamkorlik qilgan eng faol oʻqituvchi, oʻquvchi hamda ota-onalarga viloyat hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
Viloyat ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari hamda hududiy boʻlimlari xodimlari hududlardagi tadbirlarning tinch va osoyishta oʻtishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
