Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻi boʻylab qariyb 10 gektar maydondagi eski Termiz shahristonlari bilan bir kenglikda «Chingiztepa» yodgorliklari joylashgan. Bu yerda dastavval eng qadimgi binolardan biri – Kichik Chingiztepa qurilgan boʻlib, uning miloddan avvalgi III–II asrlarga oid ekani aytiladi. 

Hozirda «Chingiztepa» yodgorliklari oʻzbek-fransuz qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida fransiyalik olimlar – Seligent de Pontbreant, Per Relish, Oliver Bardolar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Viloyat IIB Xavfsiz turizm­ni taʼminlash boshqarmasi xodimlari xorijlik arxeologlarga nisbatan sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

Aytish kerakki, joriy yil boshidan beri bosh­qarma jamoat tartibini saqlash guruhi inspektorlari tomonidan xorijlik sayyohlarga 512 marta turli xizmatlar koʻrsatilgan. Shu bilan birga, 

676 ta maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, turizm namoyishi obyektlari atrofida yashovchi profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazilgan.

Yaqinda boshqarma tashab­busi bilan Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari ishtirokida «Sangardak» ekoturizm obyektida «Tozalik aksiyasi» tadbiri oʻtkazildi. Unda talaba yoshlar bilan birgalikda soʻlim goʻsha ortiqcha chiqindilardan tozalandi. Albatta, bu kabi tadbirlar aholida ekologik madaniyatni 

shakllantirish, turizm obyektlarini asrab-avaylash hissini uygʻotishga xizmat qiladi. 


Akbar MAVLONOV,

kapitan.

Surxondaryo viloyati.