Buxoro viloyati 3-sektoriga qarashli Shofirkon tumanining “Xorin” mahallalasida aholi muammolari oʻrganildi. Qabul davomida “Yoshlar daftari”ga kirish, oliy taʼlim shartnomasi pulini toʻlash, “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritish va tikuv mashinasi ajratish, ishga joylashtirish, hududdagi mavjud tik quduqlarni taʼmirlash boʻyicha 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Aksariyat murojaatlar shu yerning oʻzida yechim topdi.
Shuningdek, muqaddam sudlangan hamda xavfli guruhga kiruvchi shaxslar, profilaktik hisob va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik boʻyicha profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
