Xonqa tumanida xotin-qizlarning ish bilan band boʻlmagan qismini kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tuman IIB hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar, xususiy firmalar oʻzlarida mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashishdi.

-Tadbirga taklif etilgan xotin-qizlar avvalo mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda u yerda yaratilgan sharoitlar, mehnatga haq toʻlash tartib-qoidalari bilan tanishib chiqishdi,-deydi tuman IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor, katta leytenant Nasiba Ortiqova.-Shundan soʻng oʻzlari qiziqqan sohalar boʻyicha mehnat shartnomalari imzolashdi. Tadbir yakuniga koʻra, 4 nafar xotin-qiz oʻz qiziqishlari boʻyicha ishga joylashtirildi, 10 nafari ustoz-shogird anʼanasi asosida kasb-hunarga yoʻnaltirildi, 8 nafariga esa huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Mazkur tadbirda hunarmand va tadbirkor ayollar tomonidan tayyorlangan turli mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. 

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.