Ramazon oyi munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7253-harbiy qism rahbariyati tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas” shiori ostida harbiy qismda xizmat qilib vafot etgan harbiy xizmatchilarning oilasidan xabar olindi. Oila aʼzolariga ham maʼnaviy, ham moddiy yordam koʻrsatildi. Marhum harbiy xizmatchilarning olib borgan mardonavor xizmati eʼtirof etilib, ular doim safdoshlari xotirasida ekanligi aytib oʻtildi.

Oʻz muxbirimiz.