“Aytadigan goʻzal soʻzi, qiladigan amallariga munosib kishi axloqlidir” degan edi faylasuflardan biri. Binobarin, jamiyatimizda foydali mehnat bilan band boʻlib, vatanimizning gullab yashnashi uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan insonlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Taassufki, oramizda gap-soʻzidan xulqi yaxshi, oqil inson koʻringani bilan nomaʼqul ishlarni oʻziga kasb qilib oladiganlar uchrab turibdi.
Yaqinda Navoiy xalqaro aeroportiga 4365-sonli reys bilan “Ekaterinburg-Navoiy” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan, asli buxorolik T.Gʻ viloyat IIB TXTB HPB xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli tekshiruv oʻtkaziladi. “Xiaomi Redmi Note 9T” rusumli telefon apparati xotirasida 657ta pornografik hamda zoʻravonlik, shavqatsizlikni targʻib qiluvchi video va rasmlar borligi aniqlandi.
Mamlakatimizning qonun hujjatlariga asosan bu kabi materiallarni tayyorlash, tarqatish hamda namoyish etish belgilangan tartibda jarimaga sabab boʻladi. Shu oʻrinda fuqarolarimizga aytib oʻtish lozimki, mamlakatimizga tashrif buyurgan shaxslar orasida qoʻl yuklarini atayin almashtirib olish va oʻzlariga tegishli boʻlmagan yuklarni oʻzlashtirish holatlari uchramoqda. Shuningdek, yuklar orasida zoʻravonlik va shavqatsizlikni targʻib qiluvchi turli koʻrinishdagi maʼlumotlar hamda maxsus lisenziyasi boʻlmagan diniy adabiyotlarning borligi jinoiy javobgarlik holatlarini keltirib chiqaradi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
