Fargʻona shahridagi “Oqariq” mahallasida joylashgan “Xumo” oromgohida viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan oʻtkazilgan madaniy-koʻngilochar tadbir bolajonlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Shu kuni Fargʻona viloyati IIB qoshidagi ansambl aʼzolari oromgohda konsert dasturini namoyish etdilar. Vatanni, tinchlikni, yoshlik va mehr-oqibatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar bolalarga juda manzur boʻldi. Ular maza qilib raqsga tushdilar.

Bundan tashqari, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari ham yoshlarni hayrat va hayajonga soldi. Ular koʻrgazmali chiqishlarni tomosha qilish barobarida Vatanimizning ana shunday mard va jasur posbonlari borligidan faxrlandilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.