Prezidentimiz oʻtgan yil 25-26-mart kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari chogʻida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, Namangan shahrini jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha Namangan tajribasini yaratish borasida bir qator vazifalar belgilab bergan edi.
Yangicha ishlash mexanizmlarini samarali yoʻlga qoʻyish hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash, aholining mazkur yoʻnalishdagi murojaatlarini oʻz vaqtida va qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida fuqarolarning murojaatlari koʻplab tushayotgan 67 ta mahalla 15 ta mikrohududlarga boʻlinib, "Huquq-tartibot maskan”lari tashkil etilmoqda.
Yangi huquq-tartibot maskani Namangan shahrining "Zaribdor", "Ziyokor", "Lola", "Ilgʻor" va "Qadamjo" mahallalariga xizmat koʻrsatadi.
Hozirga qadar Namangan shahrining uch nuqtasida 15 ta mahallaga xizmat koʻrsatuvchi "Huquq-tartibot maskani" uchun binolar foydalanishga topshirildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
