Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining quyi boʻlinmalari barcha xodimlarining xizmat xonalariga oʻrnatilgan yuqori sifatli videokuzatuv kameralari Tergov boshqarmasiga integratsiya qilindi.

Mazkur jarayonidan soʻng Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov boʻlinmalari xodimlarining xizmat intizomi va qonun buzish holatlarining oldini olish maqsadida kunlik xizmat faoliyatlari onlayn tarzda nazorat qilinmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.