Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimiga qarashli shahar va tuman guruhlarida nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-psixologik portretlarini masofadan fotosuratga olish va “Intellektual portret” sunʼiy intellekt ekspress psixodiagnostika dasturi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur dastur yordamida nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-psixologik portretini yaratish orqali ularni qayta jinoyat sodir etishining oldini olish koʻzlangan.

Shu bilan birga, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati yetakchi mutaxassis psixologi Rasulbek Polvanov bilan hamkorlikda dasturning ishlash mohiyati va prinsplari toʻgʻrisida masʼul xodimlarga yoʻriqnomalar berildi.

Oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.