Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi mutaxassis-psi­xologlari tomonidan xodim­larning xizmat faoliyatida yuzaga kelayotgan turli nizoli vaziyatlar va stress kelib chiqishiga sababchi boʻlayotgan holatlar, hamkasblari va rahbari bilan munosabati, xizmatga boʻlgan ishtiyoqi va oilaviy muammolari oʻrganilib boriladi. Shu bilan bir qatorda, xodim­larning yashash xonadonlariga borilib, turmush sharoiti, oila aʼzolari­ning oʻzaro muno­sabatlari bilan yaqindan tanishiladi. Bunday yondashuv xodimlar bilan yanada yaqinroq munosabatda boʻlish, ular­ning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Bunda asosiy eʼtibor shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash, sogʻlom fikrlash, shaxslar­aro munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʻzini namo­yon etishga sharoit yaratish hamda oʻziga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, notiqlik, munozara yuritish madaniyatini shakllanti­rishga qaratilmoqda. 

Shu bilan birga, xodimlarni axloqiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ruhiyatida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarish va tushkunlik holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va korreksiya qilish, shu­ningdek, fuqarolar bilan ishlashda zamonaviy psixo­logik usullardan foydalanishda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda psixologik usullar yordamida ruhiy barqarorlik­ni taʼminlash boʻyicha maslahatlar berildi.

Mazkur suhbatlar davo­mida xizmat faoliyati jara­yonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlar­ning oldini olish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatil­moqda. 

Shuningdek, xodimlar­ning oilaviy ahvoli, turmush sharoitlari hamda mavjud muam­molari oʻrganilib, yashash xonadonlarida ham suhbatlar olib borilmoqda. Aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

Muhammadnosir HOJIYEV,  

katta leytenant.