Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati IIB Qoʻriqlash xizmati xodimlarining biriktirilgan hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat va fuqarolar hamda mol-mulklar xavfsizligini taʼminlash ishlarida tezkorlikni taʼminlash maqsadida 14 ta maxsus jihozlangan “Cobolt” rusumli xizmat avtomashinalar topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov xizmat avtomashinalarini kalitini qoʻriqlash xizmati xodimlariga tantanali ravishda topshirdi.   

Oʻz muxbirimiz