Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi va xodimasi Yangi yil bayrami kuni Qorbobo va Qorqiz qiyofasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlariga tashrif buyurishdi. Ushbu uylarda yashaydigan bolajonlar bundan quvonib, ularga oʻzlari yod olgan sheʼrlarini aytib berishda. Qorbobo va Qorqiz esa oʻz navbatida bolajonlarga bayram sovgʻalarini ulashdi. Xonadon sohiblari kutilmagan tashrifdan xursand boʻlishib, boshqarma rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi. Ichki ishlar organlari xodimlarining jajji farzandlari ham Yangi yil “elchilari”ning sovgʻalaridan benasib qolishmadi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda”muxbiri.

Navoiy viloyati.