Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “xavfsiz hudud” va “xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari doirasida mavsum bilan bogʻliq qator jinoyat va huquqbuzarliklar fosh etilib belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻrilmoqda.


Jumladan, 30-noyabr kuni soat 16:40larda Yangiyoʻl tumani hududida Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish xodimlari va YPX inspektorlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri tashkil etilgan.

Tadbir davomida haydovchi A.A. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda, yukxonasida 24 dona “9D” nomli, 168 dona “Volk” nomli, 8640 dona “Solevoy razboynik” nomli va 138 dona “Zolotoy pesok” nomli, jami 8 970 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati


Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.A. va aniqlangan vositalar Bojxona boshqarmasiga topshirilgan.

IIBB Axborot xizmati