Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi va veterinariya xodimlari hamkorligida Bagʻdod tumanida reyd tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Tadbirda goʻsht savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilishlari, chorva hayvonlarini maxsus qushxonalarda soʻyish va veterinariya maʼlumotnomalarini olgan holatda sotishlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Reyd davomida tuman markaziy dehqon bozorida goʻsht va goʻsht mahsulotlari bilan savdo qiluvchi ayrim fuqarolar tomonidan savdoga olib chiqilgan mahsulotlar vetetinariya mutaxassisining xulosasiga asosan isteʼmolga yaroqsiz deb topilidi. 78 kg. Ana shunday mahsulotlar savdodan olinib, xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Goʻsht savdosi bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlarga karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda savdo qilish lozimligi yana bir bor tushuntirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.