Norin tumanidagi 42-sonli maktabda “Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Musobaqada Uychi, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlari jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqalarda ishtirokchilar safda yurish, regulirovkachi signallarini koʻrsatish, maket yasash, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. 

Yakunda Norin tumanining “Targʻibot” jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

"Rostda" muxbiri.

Namangan viloyati.